Saytingiz tez ochilsin, serveringiz to'xtamasin
VPS server, hosting va domenni bir joydan oling. Serverlarimiz Toshkentdagi data-markazda turadi, shuning uchun O'zbekistondagi mijozlaringiz saytingizni tez ochadi. To'lov so'mda, yordam o'zbek va rus tilida.
Welcome to Ubuntu 24.04 LTS
Kichik saytdan katta loyihagacha
Qaysi biri kerakligini bilmasangiz, bizga yozing, birga tanlaymiz. Loyiha o'sganda tarifni kattalashtirish bir necha daqiqa oladi.
VPS server
Resurslar faqat sizga ajratiladi, root huquqi sizda. Bot, internet-do'kon, CRM yoki istalgan dastur uchun.
99 000 so'm/oy danHosting
WordPress yoki oddiy sayt uchun eng oson yo'l. SSL sertifikat va pochta qutilari tarif ichida.
15 000 so'm/oy danAjratilgan server
Butun server faqat sizniki. Katta bazalar va og'ir yuklama uchun.
Narxi kelishiladiDomenlar
.uz va xalqaro domenlar. DNS yozuvlarini o'zingiz boshqarasiz.
59 000 so'm/yil danSSL sertifikat
Sayt manzili yonida qulf belgisi chiqadi, brauzer "xavfli sayt" deb ogohlantirmaydi.
Hostingda bepulZaxira nusxa
Har kuni avtomatik nusxa olinadi. Biror narsa buzilsa, oldingi holatga qaytarasiz.
Barcha tariflardaNarxlar ochiq, ortiqcha to'lovlarsiz
Kerakli serverni o'zingiz yig'ing
Faqat ishlatadigan resursingiz uchun to'laysiz. Keyin yetmay qolsa qo'shasiz, ma'lumotlar o'chib ketmaydi.
- Protsessor
- —
- Xotira
- —
- Disk
- —
- Litsenziya
- —
- TAS-IX trafigi
- cheklanmagan
- Internet tezligi
- 100 Mbit/s
- IPv4 manzil
- 1 ta
Uch qadam, bir necha daqiqa
Tarif tanlang
Tayyor tarifni oling yoki serverni o'zingiz yig'ing.
So'mda to'lang
Payme, Click, Uzum yoki karta orqali, odatdagidek.
Ishni boshlang
Kirish ma'lumotlari pochtangizga keladi. Savol bo'lsa, yozing.
Tez, xavfsiz va tushunarli
NVMe disklar
Oddiy SSD'dan ancha tez. Sayt va baza so'rovlarga tez javob beradi.
DDoS himoya
Hujum bo'lsa, ortiqcha trafik filtrlanadi va sayt ishlashda davom etadi.
Ma'lumotlar O'zbekistonda
Serverlar Toshkentda. Fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlarini O'zbekistonda saqlash talabi bajariladi.
Har kuni zaxira
Har kecha nusxa olinadi. Xato bo'lsa, bir tugma bilan oldingi holatga qaytasiz.
O'zbek tilida yordam
Telegram, telefon yoki chat orqali yozing. Texnik savollarni oddiy tilda tushuntiramiz.
Bepul ko'chirib beramiz
Saytingiz boshqa hostingda bo'lsa, o'zimiz ko'chiramiz. Sayt to'xtab qolmaydi.
So'mda to'lov
Payme, Click, Uzum yoki bank orqali. Dollar karta kerak emas.
Oson kattalashtirish
Loyiha o'sganda protsessor, xotira yoki disk qo'shasiz. Serverni qayta o'rnatish shart emas.
Mijozlaringizga eng yaqin server
Serverlarimiz TAS-IX milliy tarmog'iga ulangan. Toshkentdagi foydalanuvchi saytingizni chet el orqali emas, to'g'ridan-to'g'ri ochadi. Shuning uchun sahifalar tezroq yuklanadi.
Saytingiz uchun nom tanlang
| Domen | Ro'yxatdan o'tkazish | Uzaytirish | Bizga o'tkazish |
|---|---|---|---|
| .uz | 59 000 so'm | 59 000 so'm | bepul |
| .com | 165 000 so'm | 175 000 so'm | 165 000 so'm |
| .net | 185 000 so'm | 195 000 so'm | 185 000 so'm |
| .org | 175 000 so'm | 185 000 so'm | 175 000 so'm |
Narxlar bir yil uchun.
Ko'p so'raladigan savollar
Javob topmadingizmi? Bizga yozing, tushuntirib beramiz.
VPS bilan oddiy hosting nimasi bilan farq qiladi?
Hostingda bitta server bir nechta mijoz o'rtasida bo'linadi, sozlashni biz qilamiz. VPS'da resurslar faqat sizga ajratiladi va boshqaruv to'liq sizda bo'ladi: istalgan dastur va bazani o'rnatishingiz mumkin.
Server qachon tayyor bo'ladi?
To'lov o'tishi bilan avtomatik ishga tushadi, odatda bir daqiqa ichida. Kirish ma'lumotlarini pochtangizga yuboramiz.
Qanday to'lasam bo'ladi?
Payme, Click, Uzum, Uzcard yoki Humo kartasi orqali. Kompaniyalar bank orqali to'laydi, shartnoma va hisob-faktura beramiz.
Saytimni boshqa hostingdan ko'chirib berasizmi?
Ha, bepul. Fayllar, baza va pochtani o'zimiz ko'chiramiz, sayt ishlashda davom etadi.
Tarifni keyin o'zgartirsam bo'ladimi?
Ha, xohlagan paytda. Ma'lumotlaringiz joyida qoladi, faqat narx farqini to'laysiz.
Xizmat yoqmasa, pulimni qaytarasizmi?
Ha. Birinchi 7 kun ichida yozsangiz, to'lovni to'liq qaytaramiz.
Buyurtma berish yoki maslahat olish
Ismingiz va raqamingizni qoldiring. Mutaxassisimiz o'zi bog'lanib, buyurtmani rasmiylashtiradi yoki loyihangizga mos tarifni tanlab beradi.
- Maslahat bepul
- Saytingizni bepul ko'chirib beramiz
- O'zbek va rus tilida gaplashamiz